Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

   FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGI XUZURIDAGI IJTIMOIY KO’NIKMA MARKAZI TOMONIDAN QILINAYOTGAN ISHLAR DIQQATGA SAZOVORDIR

×

 2021-05-11 14:23:43    880

PDF yuklash
Chop etish


Markaz tomonidan hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ro’yxatga olishlarida, fuqarolik pasport olishlarida, ishga joylanishlarida, tibbiy ko’rikdan o’tishlarida, yashash joyini tayini bo’lmagan shaxslarni vaqtinchalik yotoqxona bilan ta'minlanishlarida va moddiy yordam olishlarida ushbu shaxslarga yaqindan amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda.                  

2021 yilning 30 aprel kuniga qadar jazoni ijro etish muassasalaridan                    41 nafar shaxslar ozod etilgan bo’lib, Farg’ona shahar hokimligi xuzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziga murojaat etib to’liq xujjatlar asosida ro’yxatga olingan.

Murojaat etgan har bir fuqaro bilan markazda alohida suxbatlar o’tkazmoqda. Fuqarolarga tibbiy ko’rikdan o’tishlari, ishga joylanishlari uchun tegishli muassasalarga yo’llanmalar berilmoqda.

Shahar bandlikka ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda            35 nafar fuqarolarni kvotalangan bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashtirildi.

Ushbu ozod etilgan 41 nafar shaxslarga  Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 iyuldagi 318-F sonli Farmoyishiga asosan  pasport olishlari, oziq-ovqat maxsulotlari, kiyim-kechak sotib olishlari, transport xarajatlari va zarur bo’lgan buyumlarni olishlari uchun maxsus komissiya qaroriga asosan 51.940.500 so’m  miqdorida moddiy yordam mablag’lari bilan to’liq ta'minlandi.

Jazo muddatini o’tab ozod etilgan fuqarolarning barchasi fuqarolik pasporti bilan ta'minlandi. Ushbu fuqarolarni xozirgi kunda ijtimoiy ko’nikmasini ta'minlanishi borasida markaz xodimlari tomonidan fuqarolarni yashash joylariga borib kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda monitoring o’tkazilib borilmoqda va fuqarolarga joylardagi MFYlar tomonidan jamoatchi murabbiylar tayinlanib borilmoqda.  



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram