Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASH, KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH BORASIDA SAMARALI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

×

 2021-05-11 13:31:44    89

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligi va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha joriy yilda ikkinchi bor o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlar siyosatiga oid vazifalar ijrosi tahlilidan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi.

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 13 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish, yoshlarni qo’llab-quvvatlash, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta'minlash, kambag’allikni qisqartirish asosiy maqsadimizdir.

Ana shu mas'uliyatni anglagan holda Prezidentimiz ishonchini oqlash, odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ularni o’z hayotlaridan rozi bo’lib yashashlarini ta'minlash maqsadida Farg’ona shahridagi A. Jomiy mahalla fuqarolar yig’ini hududida shahar hokimi Ubaydullayev Mirzohid Murodilovich tashabbusi bilan yangi tikuvchilik tsex iishga tushirildi. Natijada A. Jomiy mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qilayotgan 25 ga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi.  

Tsexda yaratilgan shart-sharoitlar barchaga manzur bo’lmoqda.  Bepul  issiq ovqat, dam olish xonasi mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari A. Jomiy mahalla fuqarolar yig’ini hududida kichik savdo rastalaridan iborat bozor tashkil etildi. Ularda faoliyat yuritish uchun daftarlarda turuvchi fuqarolar qamrab olindi. Natijada ushbu hududida istiqomat qilayotgan 10 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi. Shu tariqa  sotuvchilar va xaridorlar uchun qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy. obod. kichik savdo rastalaridan iborat bozor barpo etildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, yaratilgan ishchi o’rni orqali vaqtincha ishsiz, mehnat bozorida talab qilinayotgan kasbga ega bo’lmagan aholi o’zini o’zi band qildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram