Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHRIDA QONUNIYLIKNI TA'MINLASH VA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI BO’YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2021-05-07 10:14:53 698
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O’zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tuzildi.
So’nggi uch yilda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsiogen omillarga chek qo’yishga qaratilgan 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, “Yo’l xaritalari” hamda chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Qolaversa, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni bilan har bir davlat organining vazifalari aniq belgilab berildi.
Farg’ona shahridagi "TERRANOVA" mehmonxonasining konferens zalida Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining “Qonuniylikni ta'minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda shahar Xalq qabulxonasi mudiri hamda shahar Sudlari raislarining 2021 yil 1-chorak davomida bajarilgan ishlari yuzasidan axborotlari muhokama qilindi.