Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RАSMIY MUNOSАBАT

×

 2023-01-30 17:25:56    264

PDF yuklash
Chop etish


Fuqaro Yusupova Nilufar Erkinovnaning ijtimoiy tarmoqlarda uy-joy masalasida qilgan murojaati yuzasidan Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimi quyidagilarni maʼlum qiladi.


Аniqlanshicha, fuqaro N.Yusupova shu kunga qadar Fargʼona shahar hokimligiga uy-joyga muhtoj oila sifatida ariza va unga ilova boʼlgan hujjatlar bilan murojaat etmagan va shahar hokimligi tomonidan davlat uy-joy fondidan turar joy olish uchun muhtojlar sifatida hisobga olinmagan.


Muqaddam uy-joyga oid nozalar sababli sud hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan N.Yusupova nomida Fargʼona shahar Аl-Fargʼoniy koʼchasi 77-uyning 7-xonadoni (2 xonali) xususiy mulki boʼla turib, Fargʼona shahridagi egasiz qolgan xonadonlarni oʼzboshimchalik bilan egallab kelayotganligi va bu bilan jamoatning haqli eʼtirozlariga sabab boʼlib kelayotganligi maʼlum boʼlgan.
Jumladan, fuqaro N.Yusupova uy-joysiz qolganligini vaj qilib, oʼzboshimchalik bilan Fargʼona shahar Yangi asr koʼchasi 144-uyning 98-xonadoni hamda Kirguli koʼchasi 9-uyning 8-xonadonlarini noqonuniy tarzda egallab kelmoqda.


Egallab olingan mazkur xonadonlar boʼlim mutxassislari tomonidan oʼrganilganda, xonadonlar boshqa shaxslarga tegishli xususiy xonadonlar ekanligi va xususiy turar joylar daxilsiz ekanligini inobatga olib, fuqaro N.Yusupovaga xonadon mulkdorlari yoki uning merosxoʼrlari xonadonga egalik qilishi mumkinligi va uning amalga oshirgan bunday noqonuniy ishlari javobgarlikka tortilishiga olib kelishi toʼgʼrisida huquqiy tushuntirishlar berilgan.


Biroq, fuqaro N.Yusupova mutaxassislar tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlarni inobatga olmasdan, goʼyoki oilasi bilan koʼchada qolib ketganligini vaj qilib ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarini qoldirmoqda.


Xozirgi kunda Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi uy-joy boʼlimining mutaxassislari tomonidan fuqaro N.Yusupova noqonuniy egallab olgan turar joylarni aniqlash va kelib chiqqan nizolarni bartaraf etish boʼyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati