Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sovuq kunlar davom etmoqda: FVV ogohlikka chaqiradi

×

 2023-01-24 19:11:43    222

PDF yuklash
Chop etish


Havo haroratining keskin o‘zgarishi, kunlarning sovishi issiqlik ta'minoti - isitish jihozlariga bo‘lgan ehtiyojimizni oshiradi. Zero, isitish manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar, eng achinarlisi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelib, insonlar qurbon bo‘lishi mumkin.Statistik ma'lumotlarga qo‘ra, ob-havo keskin sovigan kunlarda sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaxarlanish holati bilan bog‘liq. Ushbu zaharli gaz xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa shu kabi yoqilg‘i manbalarining to‘liq yonmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, nafas yo‘llari orqali qonga so‘rilganda organizmni, xususan, markaziy asab tizimini jiddiy zararlashi bilan xavfli. Inson is gazi bilan zaharlangan havodan nafas olib tursa ham hech narsani sezmaydi, shu bois, is gazidan zaharlanib, vafot etish ehtimoli yuqori.Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlari ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni isitishda gaz plitasidan foydalanishda, aholi xonadonlarida esa pechlar mo‘rilarining o‘z vaqtida tozalanmasligi, tutun yo‘llari va fortochkalarning yopib qo‘yilishi, chet ellarda ishlab chiqarilgan isitish pechlari, nostandart va qo‘lbola isitish vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida, uyni isitishda ochiq holdagi ko‘mir va o‘tin cho‘g‘laridan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, is gazidan organik moddalar (aseton, metil spirt, fenol va boshqalar)ni sintez qiluvchi korxonalarda, shamollash tizimi yomon bo‘lgan mashina turar joylarida, yangi bo‘yalgan xonalarda ham zaharlanish mumkin. Ma'lumki, xonadonlarda foydalanilayotgan tabiiy gazning asosiy qismi metandan iborat. Tabiiy gaz arzon, saqlash uchun joy talab qilmaydigan va chiqindisiz yonadigan qulay yoqilg‘idir. Ta'biri joiz bo‘lsa, tabiiy gaz yonganda 8000-8500 kkal issiqlik energiyasi ajralib chiqadi.Shu o‘rinda tabiiy gazdan zaharlanishga ham to‘xtalib o‘tamiz. Metan (maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan gaz) rangsiz va hidsiz – bo‘lganligi uchun u bilan ham zaharlanayotganligini insonlar sezmaydi, qaysiki gaz aralashgan xavodan nafas olish jarayonida sog‘liqdagi o‘zgarishlar, uning yomonlashishini darhol tushunish deyarli mumkin emas. Tabiiy gazga o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan boshqa turdagi gazlar aralashtiriladi. Shunga qaramay, maishiy gaz bilan zaharlanishlar ham sodir bo‘ladi - buning sababi isitish pechlari yoki gaz plitasidan gazning sizib chiqishidir.Metan gazning organizmga ta'siri uning havodagi miqdori 20 foiz atrofida bo‘lganida sodir bo‘ladi. Nafas olish paytida gaz qonga o‘tadi, kislorod o‘rnini bosadi va qon orqali tashiladi. Natijada, kuchli kislorod ochligi paydo bo‘ladi. Markaziy asab tizimi ta'sirlanib, insonda bo‘g‘ilish vujudga keladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasi o‘lim holatiga olib keladi.Yana bir xavf - tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik juda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki metanning ma'lum bir hajmdagi havo bilan aralashmasi portlash (chaqnash)ga sabab bo‘ladi. Hususan, o‘choq, isitish pechlari, xona va binolarning ichida tabiiy gaz havo tarkibida 5 foiz dan 15 foiz gacha bo‘lgan miqdorda to‘planib qolsa, kuchli portlash xavfi paydo bo‘ladi.Bu kabi holatlarning oldini olish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Demak, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun avvalo isitish ta'minotlarini ya'ni, pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo‘rikonlarning tozaligini tekshirib chiqish zarur. Nosoz, nostandart, qo‘lbola isitish moslamalaridan, sifatsiz va texnik ko‘rikdan o‘tmagan gaz ballonlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bolalarni, imkoniyati cheklangan va mast kishilarni nazoratsiz qoldirmaslik, ularning gaz va elektr moslamalaridan, ochiq olovdan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, gaz so‘rg‘ichlardan foydalanmaslik, chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina, shu yo‘riqnomaga rioya qilgan holda foydalanish lozim. Is gazi organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etadi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir holatlarda esa anoksiyaga olib kelishi mumkin.Is gazi bilan zaharlangan organizmda uglerod va oqsil almashinuvi buziladi, natijada asidoz alomatlari yuzaga keladi. Qon tarkibida kaliy va kal'siy muvozanati hamda markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishi va shu tariqa inson hayotdan bevaqt ko‘z yumishi mumkin.Birinchi yordam ko‘rsatish. Is gazidan zaharlangan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish uchun avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Qiyin nafas olayotgan yoki nafas olish to‘xtab qolgan bo‘lsa, bemor mustaqil nafas olgunga qadar sun'iy nafas oldirish kerak. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo‘yish zaharlanish oqibatlarini tezroq tugatishga imkon beradi. Agar bemor hushida bo‘lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo‘shatib, issiq choy yoki qahva ichirish maqsadga muvofiq. Is gazidan zaharlanib qolgan kishilar albatta shifoxonaga yotqizilishi kerak, chunki birmuncha keyinroq o‘pka va asab tizimi tomonidan og‘ir asoratlar vujudga kelishi mumkin. Kasalxonadan chiqqandan so‘ng bemorlar terapevt va nevropatolog kuzatuvida bo‘lishi shart. Gaz bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari:gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin neft mahsulotlari va boshqalar) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya eting;nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;isitish pechlari dudburonlarining toza va soz holatda bo‘lishini ta'minlang;gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmang;oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanmang;havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarninn ochiq va ishchi holatda bo‘lishini ta'minlang. Xonadonlarga gazni aniqlovchi qurilma o‘rnatish tavsiya qilinadi. Bu kutilmaganda is gazi va tabiiy gaz sizib chiqish holatlarini darhol aniqlash hamda bartaraf etish imkonini beradi.Gaz ballonlarini issiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik lozim.Inson hayoti turli xavf-xatarlarga, favqulodda vaziyatlarga to‘la. Zero, umrimiz davomida doimo sergak, ehtiyotkor va ogoh bo‘lish nafaqat, o‘zimiz va yaqinlarimizning salomatligini avaylashga, balki, beqiyos qimmatga ega bo‘lgan hayot atalmish bebaho ne'matning qadriga yetish, uning bardavomligi va farovonligini ta'minlashga zamin yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishga barchamiz birdek mas'ulmiz. Shunday ekan, bu boradagi o‘z bilim-ko‘nikmalarimizni o‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lmagan jamiyatimiz a'zolariga ulashishimiz, yaqinlarimizning hayoti va sog‘ligini qadrlashimiz, qolaversa, ming-minglab asrlarning tuman chig‘iriqlaridan o‘tgan insoniylik, xalqparvarlik singari oliy fazilatlarimizga sodiq qolishimiz bizni yakdil, xamjihat el ekanimizni yana bir karra isbot etadi. Is gazidan zaharlanib qolishdan o‘zingiz va atrofingizdagilarni asrang, azizlar.Farg`ona shahar FVB boshlig`io`rinbosari   Ravshan Xalmatov