Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir aholi bandligini taʼminlash va yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish borasidagi islohotlarga bagʼishlandi

×

 2022-08-12 18:01:33    246

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yilda Oliy Majlis Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman)ning aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berilgan edi. Ushbu loyihaning birinchi oʼquv mashgʼuloti Buxoroda oʼtkazilgan.

2022 yilning 29 iyulь kuni “Ombudsman maktabi” loyixasining navbatdagi tadbiri Fargʼona viloyati, Fargʼona shaxar Band boʼlmagan axoliga xizmat koʼrsatuvchi “Ishga marxamat” monomarkazida oʼtkazildi. 

Mazkur uchrashuv mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar toʼgʼrisida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

"Ombudsman maktabi" tadbiriga Fargʼona shaxrida yashovchi “Oʼrmonchilar”, “Gulzor” “Shodiyona” va boshqa MFY faollari va yoshlari jalb etildi.

Аholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir bandlik va yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish, nogironligi bulgan shaxslarga yaratilayotgan sharoitlar masalalariga bagʼishlandi. Unda Yoshlar agentligining Fargʼona viloyati boshqarmasi boshligʼi Muxammadamin Gʼaniev, viloyat bandlik Bosh boshqarmasi boshligʼi v.b. S.Davlatov, boʼlim boshligʼi Muxammadbobur Moʼsajonovlar ushbu sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, aholiga yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni haqida maʼlumot berdilar. Shuningdek Qoʼqon shaxar nogironlar jamiyati raisi F.Tilavoldiev oʼzining maʼruzasida nogironligi bulgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bilan birgalikda yuzaga kelayotgan muammolarga xam toʼxtalib oʼtdi.

Tadbirda soʼz olgan, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (Ombudsman)ning Fargʼona viloyati mintaqaviy vakili Аlisher Kamilov “Ombudsman maktabi” doirasida oʼtkazilayotgan tadbirda tegishli davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va NNT vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilganligini qayd etdi.

Shundan soʼng, Ombudsmanning Fargʼona viloyatidagi mintaqaviy vakili Аlisher Kamilov fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarni, ayniqsa nogironligi boʼlgan shaxslarni xuquqlarini ximoya qilish borasida olib borilgan ishlar, xarakati cheklangan shaxslar saqlanayotgan muassasalarga amalga oshirayotgan monitoring tashriflari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qilish usullariga ham toʼxtaldi.Oʼzaro savol javob va erkin muloqot ruhida oʼtgan tadbirda navbatdagi Ombudsman maktablarida koʼtarilishi zarur boʼlgan sohalar boʼyicha ham takliflar olindi.Tadbirda soʼz olgan “Oʼrmonchilar”, “Gulzor” maxalla fuqarolar yigʼini raislari Z.Ziyaeva va А.Madoripovlar ham inson huquqlarini taʼminlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim ekanligiga eʼtibor qaratdilar. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni oʼtkazishda Ombudsman instituti mintaqaviy vakilligi bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tadbirda Fargʼona viloyati xokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Fayzullajon Saʼdullaevich Qosimov ishtirok etdi va nutq soʼzladi.
- Oʼzaro muloqotlar davomida tanlangan sohalar va masalalar boʼyicha faoliyat yuritadigan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan murojaatlarni kiritish va ularni koʼrib chiqish tartibi boʼyicha aholining huquqiy madaniyati oshiriladi. Bu esa fuqarolarga amaliy va manzilli yordam koʼrsatishda davlat organi va aholi oʼrtasida konstruktiv aloqalarning oʼrnatilishiga xizmat qiladi.

Ombudsman maktablari Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili va uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan muntazam ravishda respublika boʼylab tashkil etiladi, imkon doirasida har bir mahallaga kirib, fuqarolar taklif hamda muammolari oʼrganiladi va tahlil qilinadi.