Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xotin-qizlarning doimiy daromadga ega boʼlish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi

×

 2022-08-11 16:05:25    304

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahar hokimi va hokim oʼrinbosarlari hamda sektor rahbarlari tomonidan oʼtkazilayotgan sayyor qabullarda tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Fuqarolarning doimiy ish bilan band, daromad manbaiga ega boʼlishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu bois ham uyda oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼillanish istagini bildirgan fuqarolarga Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamgʼarmalar mablagʼlari hisobidan mehnat qurollari ajratilmoqda. 
Sayyor qabullar davomida chevarchilik hunariga ega boʼlgan Oʼgʼiloy Oʼktamova, Nargizaxon Аkbarova va Shaxloxon Mamadalievalar tikuv mashinasi ajratilishida amaliy yordam soʼrab murojaat qilishgan edi.
Mazkur murojaatlar ijobiy hal etilib, xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova tomonidan topshirildi. Xotin-qizlar berilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik uchun Prezidentimiz hamda masʼullarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.