Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Mashʼal" mahallasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

×

 2022-07-23 02:08:31    307

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda mamlakatimizda koʻplab yangi va zamonaviy inshootlar qad rostlab, yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshayotir. Xususan, Fargʻona shahrida ham biri-biridan muhtasham binolar Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami oldidan foydalanishga topshirilmoqda. 
Shulardan biri “Mashʼal” mahalla fuqarolar yigʻini binosidir. Zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan va barcha sharoitlarga ega boʻlgan ushbu bino mahallada istiqomat qiluvchi 2834 ta oila uchun ajoyib bayram tuhfasi boʻldi.
Binoning ochilish marosimida viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Bahodirjon Xoliqov, Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar IIOFMB boshligʻi, 3-sektor rahbari Dilmurodjon Asqarovlar ishtirok etishib, yigʻilganlarni zamonaviy muassasaning foydalanishga topshirilayotganligi munosabati bilan muborakbod etdilar. 
Mahalla instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, qolaversa “Mashʼal” mahalla fuqarolar yigʻinining binosi ham bu yerda faoliyat olib borayotgan jamoaning ish tartibi ham boshqa mahallalarimizga oʻrnak boʻlishi kerakligi shahar hokimi tomonidan taʼkidlandi.
Marosimda qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishning muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yurtimiz tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish masalalarining yechimi aynan mahalla tuzilmasi faoliyatida mujassamlashgan.
Bino davlat xususiy-sherikchilik asosida zamonaviy koʻrinishda qurilgan boʻlib, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi uchun ajratilgan alohida xonalar bugundan boshlab fuqarolar qabuliga muntazir.