Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻona shahrida ikkita mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi

×

 2022-07-13 09:36:39    395

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizda bayramlar arafasida yaxshi niyatlar bilan yangidan qurilgan yoki taʼmirdan chiqqan bino va inshootlarni foydalanishga topshirish anʼanaga aylangan. Ayniqsa, Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida shahrimizning koʻplab hududlarida yangi va zamonaviy inshootlar qad rostlab, shahrimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.
Bugun ham shahrimizdagi 1-sektor hududidagi ikkita mahalla fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirlarda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"Obod mahalla" Dasturi doirasida "Zarbdor" mahalla fuqarolar yigʻinida ham keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Bahor faslining ilk kunlarida qurilishi boshlangan mahalla binosi bugun foydalanishga topshirildi. Bino roʻparasida esa tadbirkor Nail Urazayev tomonidan savdo majmuasi ham qurilib, 10 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Qurbon hayiti bayrami arafasida oʻtkazilgan tadbirda shahar hokimi mamlakatimizda mahalla tizimiga berilayotgan eʼtibor, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida alohida toʻxtaldi.
Nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ramziy bogʻich qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangi zamonaviy koʻrinishda qurilgan binoda xodimlar hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Keksa-nuroniylar qoʻllarini duoga ochib, yurtimiz tinch, hayotimiz esa farovon boʻlishi hamda ushbu bino mahalla ahliga koʻp yillar davomida xizmat qilishini tiladilar.
Kunning ikkinchi qismida "Abdurahmon Jomiy" mahalla fuqarolar yigʻinining ham maʼmuriy binosi aholi vakillari ishtirokida foydalanishga topshirildi.