Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

ShAHAR HOKIMINING BITIRUVChI YoShLAR BILAN UChRAShUVLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-06-30 11:42:20    294

PDF yuklash
Chop etish


Belgilangan reja asosida Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bilan uchrashmoqda. Samimiy va ochiq muloqotlar mobaynida bitiruvchi yoshlarning oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari hamda taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha  bergan savollariga mutaxassislar tomonidan yoʻnalishlar berilmoqda. 
Shahrimizdagi 3-sonli musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan uchrashuv ham bitiruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida shahar hokimi 300 nafarga yaqin bitiruvchilar bilan samimiy suxbatlashdi. Bitruvchilarga hayotiy tajribalar orqali kasb-hunar egallash, hayotda oʻz oʻrnilarini topishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turadigan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga agar oʻqishga kirsa, toʻlov kontrakt mablagʻining 50 foizi toʻlab berilishi, shuningdek, boshqa yaratilgan sharoitlar boʻyicha ham bitiruvchilariga tegishli tushunchalar berildi.