Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Shahar hokimi fuqarolarning murojaatlarini qabuldan soʻng joyiga borib oʻrgandi.

×

 2022-06-22 14:52:17    346

PDF yuklash
Chop etish


Kecha viloyat hokimi tomonidan oʻtkazilgan qabulda “Nafosat” mahallasida yashovchi fuqarolarning Tashabbus koʻchasini mahalla markaziga bogʻlovchi yoʻlakni kengaytirish boʻyicha qilgan murojaatlari shahar hokimi Vosiljon Nazarov va masʼullar ishtirokida oʻrganildi. 
Mazkur murojaat ijobiy hal etildi. Fuqaro roziligi bilan ertadan boshlab bilan yoʻlakning bir tomonidagi devor buzilishi, hokimlik tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga yangidan qurilishi belgilandi. 
Shahar hokimi tomonidan bugun oʻtkazilgan sayyor qabulda esa “Muravvat” MFY Fargʻona koʻchasidagi 61-koʻp qavatli uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ham shart-sharoitlarni yaxshilash boʻyicha murojaat tushdi. Qabulda fuqarolarning uyning holati boʻyicha bildirgan fikrlari eshitilib,bu masala ham joyida oʻrganildi.
Davlat yotoqxonasi joylashgan 61-uyda 52 ta oilada 170 nafarga yaqin fuqarolar yashaydi. Ishchi guruhi tomonidan koʻp qavatli uydagi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar toʻliq oʻrganildi. Oʻrganish xulosasiga koʻra u yerda suv, elektr, kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash, yangi eshik va romlarni oʻrnatish ishlarini boshlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi. 
Har ikki murojaatni ijobiy hal etish maqsadida belgilangan tartib boʻyicha ish olib borish yuzasidan shtab tashkillanib, unga uy-joy boʻlimi boshligʻi Rafiqjon Marasulov rahbar etib tayinlandi. Mazkur murojaatlarning ijobiy hal etilganligi boʻyicha yana batafsil maʼlumot beramiz.