Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Navbatdagi sayyor qabul 2-sektor hududida oʻtkazildi.

×

 2022-06-22 14:48:43    370

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan “Beruniy” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 20-maktabda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Unda hokim oʻrinbosarlari, 2-sektor rahbari, shahar prokurori Dilmurodjon Qobulov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Fargʻona shahar boʻlimi mudiri Gʻayratjon Pattayevlar ham ishtirok etishdi.
Qabul davomida 52 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 60 ta murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. Yigirmadan ortiq murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolardan sogʻligʻini tiklash, uy-joy ajratish, moddiy yordam olish singari 30 ga yaqin murojaatlarni oʻrganish uchun Ishchi guruhlariga koʻrsatmalar berildi.