Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltmish ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi,

×

 2022-06-18 09:12:07    516

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyaga shahardagi sektor rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari taklif etildi. 
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
????Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 may kungi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-258-sonli qaroriga asosan shahardagi ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan oilalarga “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatish hamda Fargʻona shaharda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlariga asosan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida (Maʼruzachi - shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Boburjon Moʻminov)
????“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida (Maʼruzachi - Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi Ahadjon Akramov)
????"Ayollar daftari" jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida (Maʼruzachi - shahar hokimi oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Dilshodaxon Xolmatova) 
????Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 16 martdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahridagi 70 ta mahallalarda joriy yilning 16 maydan 1 iyunь kuniga qadar Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi oʻtkazildi. Sessiya davomida ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputati, Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi shahar komissiyasi raisi Tohirjon Normatovning axboroti ham eshitildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʻng qaror loyihalari deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.