Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

DXX RAISI KUBOGI: GʻOLIBLAR ANIQLANDI

×

 2022-06-02 17:38:47    957

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, Fargʻona shahrida futbol va mini futbol boʻyicha "DXX raisi kubogi" bahslari oʻtkazildi. Bugun musobaqaning final uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. 
FarDUning markaziy oʻyingohida oʻtkazilgan final oʻyinlarida sportsevar yoshlar, taniqli sanʼatkorlar hamda DXX va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Natijalarga koʻra, mini futbolda "Sohibkor" mahallasi 1-, "Guliston" mahallasi 2-,  "Ibn Sino" mahallasi jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi. Futbolda esa "Bahor" va "Joʻydam" mahallalari bellashdi. Kubok "Bahor" mahallasi yoshlariga nasib qildi. 3-oʻringa esa "Yangi yoʻl" mahallasi jamoasi munosib topildi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida oʻtkazilgan kontsert dasturida Toshkent shahridan tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar hamda ijodkorlar tomonidan madaniy dastur namoyish etildi. Shundan soʻng, Fargʻona shahar DXX vakillari, sektor rahbarlari hamda sanʼatkorlar tomonidan gʻolib jamoalarga hamda shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa gʻoliblariga kubok hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.