Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Gulchehraxon ASQAROVA: Farzandim ham bizga chin koʻngildan yordam qoʻlini choʻzgan insonlardek kamol topishiga ishonaman.

×

 2022-05-19 10:02:35    357

PDF yuklash
Chop etish


"Istiqlol" mahalla fuqarolar yigʻini Abdulla Qodiriy koʻchasi 41/70-uyda yashovchi Gulmiraxon Asqarovaning 2019 yil ogʻir xastalikka chalingan turmush oʻrtogʻi 2021 yil noyabrь oyida olamdan oʻtdi. Bir oʻgʻil va bir qiz bilan qolgan G.Asqarovaning xonadoni ham taʼmirtalab boʻlgan. Bemor boʻlgan turmush oʻrtogʻini davolatish, shuningdek roʻzgʻor qilish bilan uyning taʼmirlanishi kechikkan.
Xolbek Otajonov rahbarligidagi Kadastr agentligi Fargʻona shahar boʻlimi ishchi-xodimlarining homiyligi hisobidan bir xonali uy tez kunda toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Bugun qizini turmushga bergan Gulchehraxon oʻgʻli bilan birga yangi uydek koʻrinayotgan xonadonda yashashmoqda.
-Shahar hokimining tashabbusi bilan boshlangan hayrli va ezgu ish mening xonadonimda ham amalga oshdi,- deydi xonadon sohibasi.-Albatta, men ham bunga javoban astoydil mehnat qilmoqdaman. Yagona boquvchim boʻlib ulgʻayayotgan farzandimga yaxshi tarbiya beraman, oʻqitaman. Bizga chin koʻngildan yordam qoʻlini choʻzgan insonlardek kamol topishiga ishonaman. 
Mazkur hayrli ishga mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Asilbek Hakimovning ham bosh-qosh boʻlgani oila vakillari va qoʻshnilar tomonidan eʼtirof etildi.