Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATISH ASOSLARI 

×

 2021-07-02 15:35:57    740

PDF yuklash
Chop etish


Oilaviy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1998 yil

30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qabul qilingan. Mazkur kodeksda nikoh tuzish tartibi, nikohdan ajratish asoslari atroflicha yoritilgan.

         Oila kodeksining 42-moddasida Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish asoslari ko’rsatilgan. Unga ko’ra, voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.

         Qonun talabiga ko’ra, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajralish uchun quyidagi uchta holat bo’lishi kerak

                        I.         Er va xotin o’zaro nikohdan ajralishga roziligi;

                      II.         O’rtalarida farzand yo’qligi;

                   III.         Mulkiy nizoni mavjud emasligi.

Yuqorida ko’rsatilgan 3 ta shart bo’lgandagina nikohdan ajratish FHDYo organlariga taalluqli bo’ladi. Agarda o’rtalarida farzand yo’q bo’la turib, o’zaro nikohdan ajralishga tomonlar rozi bo’lgan taqdirda ham o’rtalarida mulkiy nizo mavjud bo’lsa, nikohdan ajratish masalasi fuqarolik sudlariga taalluqli bo’lib qoladi. 3 ta holat mavjud bo’lgan taqdirdagina nikohdan ajratish FHDYo organi taalluqli bo’ladi.

         Er-xotindan birining arizasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish masalasi ham ko’rib chiqiladi. Oila kodeksining 43-moddasida ko’rsatilgan holatlar mavjud bo’lsa, nikohdan ajratish masalasi FHDYo organlari tomonidan ajratiladi. Bular quyidagilar:

1)   sud tomonidan bedarak yo’qolgan deb topilgan bo’lsa;

2)   sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa;

3)   sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, o’rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat'i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko’ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.

Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo’lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta'minot berish uchun mablag’ to’lash haqida nizo mavjud bo’lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

 

Farg’ona viloyat sudi sudya katta

yordamchilari J.Sattarov hamda Z.Raxmanova

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram