Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA "OBOD MAHALLA" DASTURLARI BO’YICHA ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

×

 2021-05-24 17:34:53    839

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 2 apreldagi ""Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Farg’ona shahrida qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu dasturga tushgan mahallalarda ichki yo’l va yo’laklarni tiklash hamda qaytadan asfaltlash, hududlarni ko’kalamzorlashtirish, binolar fasadi va tomini yangilash, bolalar maydonchalarini barpo etish, ko’chalar yorug’ligini yaxshilash, uylar ko’rsatkichlarini o’rnatish kabi vazifalar bajarilmoqda.

Shahrimizda ham ushbu dastur doirasida mahallalar navbati bilan ta'mirlanib, u yerdagi mavjud muammolar imkon qadar bartaraf etilmoqda. Avval xabar berganimizdek, bu yil “Obod mahalla” dasturiga "Oqariqobod" va "Yormozor" MFYlari kiritilgan.

Ushbu mahalla fuqarolari yig’inlarida jami 2 385 ta oilalar mavjud bo’lib, ularda istiqomat qilayotgan aholi soni 6680 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yilda mahalla fuqarolar yig’inlarida jami 10 550,7 mln.so’mlik, shundan respublika byudjetidan 3 369 mln.so’m, mahalliy byudjetdan 4 382,8 mln.so’m, tarmoq korxonalar mablag’laridan 7879,0 mln.so’m, tashabbuskor tadbirkorlar va aholi mablag’lari xisobidan 2 011,0 mln.so’mlik ishlar bajarilishi belgilab berildi. Ushbu mablag’lar hisobiga "Obod mahalla"dasturiga kirgan mahalla fuqarolar yig’inlari hududidagi obodlik va bunyodkorlik ishlari keng quloch yoygan.


Bugungi kunda “Obod mahalla” dasturi doirasida "Oqariqobod" va "Yormozor" mahalla fuqarolar yig’inlarida tabiiy gaz quvurlari, ichimlik, oqova suv, issiqlik energiyasi quvurlarini va elektr tarmoqlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram