Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RAQAMLI IQTISODIYOT: TARAQQIYOT SARI QISQA YO’L

×

 2021-04-30 20:59:23    747

PDF yuklash
Chop etish


Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o’zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog’liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to’g’ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.

Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo’lmaydi.

O’zbekistonda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo’yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari B. Mo’minov Akt vaziri o’rinbosari Jamshid YEgamberdiyev bilan TATU Farg’ona filialida yangi loyihaning ochilish marosimida ishtirok etib Farg’ona shahrini raqamlashtirish bo’yicha aniq rejalar belgilab olindi. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univerchsitetining TATU Farg’ona filialida Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan xamkorlikda beg’araz ko’mak mablag’lar xisobidan “Axborot almashinuv markazi” tashkil etiladi. Bu bo’yicha  TATU Farg’ona  filialda direktor va o’rinbosarlari, xalqaro tomonlar o’rtasida ZOOm platformasida  uchrashuv o’tkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri o’rinbosari Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich tomonidan ochib berildi.

Janubiy Koreya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri o’rinbosari Kyongsik Cho (Kyeongsik Cho) hamkorlikni istiqbollari haqida fikr bildirdi.


Ushbu markaz foydalanishga topshirilgandan so’ng o’zida yangi 5 nafar ish o’rni hamda bir vaqtda 200 dan ortiq yoshlarni zamonaviy IT texnologiyalarga o’qitish, frilanserlar bilan ishlash bo’yicha monomarkaz siftida ham faoliyat olib boradi. Markaz o’zida jami 5 ta zamonaviy o’quv hamda seminar va amaliyot auditoriyalarini qamrab olgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram