Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGINING RASMIY MUNOSABATI
2021-04-17 18:21:56 841
Fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovnaning murojaati bo’yicha Farg’ona shahar hokimligining xo’jalik hisobidagi uy-joy bo’limi arxiv hujjatlari o’rganilganda quyidagilar aniqlandi:
fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovna muqaddam uy-joy so’rab qilgan murojaatiga asosan Farg’ona shahar hokimining 2007 yil 21 maydagi 387-sonli qaroriga asosan 2007 yil 28 maydagi 000602-sonli order bilan Farg’ona shahar A.Qodiriy ko’chasi 32-uyning 19-xonadoni (bir xonali) biriktirib berilgan. Shunindek, uning arizasiga binoan Farg’ona shahar hokimligi tomonidan davlat notarial idorasining 2009 yil 01 apreldagi reestr 5-879-son bilan qayd qilingan oldi-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovnaga Farg’ona shahar A.Qodiriy ko’chasi 32-uyning 19-xonadoni xususiylashtirib berilgan. Biroq fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovna keyinchalik oilaviy sabablarga ko’ra, o’z nomida xususiy mulk bo’lib turgan Farg’ona shahar A.Qodiriy ko’chasida joylashgan 32-uyning 19-xonadonini sotib yuborib, uy-joysiz qolgan. Shundan so’ng, Farg’ona shahar hokimligiga takroran uy-joy bilan ta'minlash to’g’risida qilgan bir qator murojaatlariga binoan ko’p yillardan buyon bo’sh turgan va egasiz mulk bo’lgan Farg’ona shahar Al-Xorazmiy ko’chasi 3V-uyning 42-xonadoni (bir xonali) 2015 yilda yashab turishlik uchun ajratib berilganligi aniqlandi. So’ngra esa, egasiz mulk bo’lgan Farg’ona shahar Al-Xorazmiy ko’chasi 3V-uyning 42-xonadoni Farg’ona shahar hokimligining da'vo arizasiga binoan Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining 2020 yil 14 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan Farg’ona shahar hokimligining uy-joy zaxira fondiga qaytarib olingan.
Fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovna va uning oilasini yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, Farg’ona shahar Adliya bo’limining 2020 yil 09 noyabrdagi 01-02-1-5150-sonli hamda Farg’ona shahar prokuraturasining 2020 yil 12 noyabrdagi 992-ch/20-sonli xulosa xatlariga asosan Farg’ona shahar hokimining 2020 yil 18 noyabrdagi 630-sonli qarori bilan Farg’ona shahar Al-xorazmiy ko’chasi 3V-uyning 42-xonadoni fuqaro Karimova Shaxnoza Xatamovnaga biriktirib berilgan.
Bundan tashqari Farg’ona shahar hokimligi tomonidan fuqaro Sh.Karimovaning murojaatiga ko’ra uning oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida unga issiqxona uchun yer maydoni ajratilib, ayni vaqtda ushbu yer maydonidan maqsadli foydalanilmoqda.
Huddi shuningdek, fuqaro Sh.Karimovaning ish bilan ta'minlash yuzasidan qilgan murojaati bo’yicha Farg’ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirilgan.
Yuqorida qayd qilingan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni Farg’ona shahar hokimi M.Ubaydullayev boshchiligidagi ishchi guruh fuqaro Sh.Karimovaning murojaatini joyiga chiqib, bevosita fuqaro ishtirokida atroflicha o’rganib chiqdi.
Shunga ko’ra, ayni vaqtda fuqaro Sh.Karimova yashab turgan xonadoni ta'mirtalab bo’lganligini inobatga olib, shahar hokimining homiyligi ostida joriy ta'mirlash ishlari tashkillanishi, shuningdek, fuqaroning 19 yoshga to’lgan farzandini safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o’tashi uchun badal to’lovini amalga oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, fuqaro Sh.Karimovaning murojaatini o’rganish bilan bir qatorda, shahar hokimi mazkur hududdagi ishlar bilan ham bevosita tanishdi va fuqarolar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotda bo’ldi. Hududda tizimli ravishda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borilishini ta'minlash bo’yicha mahalla fuqarolar yig’ini raisiga ko’rsatma va topshiriqlar berdi.