Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHRIDA“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN 92 NAFAR YOSHLARNING DOIMIY DAROMAD MANBALARI YARATIB BANDLIGI TA'MINLANDI
2021-04-15 11:29:22 761
Tashkillangan tadbirda shahar hokimi Ubaydullayev Mirzohid Murodilovich, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi xodimlari, va fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbirda Ubaydullayev Mirzohid Murodilovich Yuurtimizda yoshlarning bandligini ta'minlashga va manzilli qo’llab-quvvatlashga Prezidentimiz tomnidan alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.
Qayd etilishicha "Yoshlar jamg’armasi" hisobidan 36 nafar yoshga tikuv mashinasi, 20 nafar yoshga payvandlash uskunasi, 10 nafar yoshga mashina yuvish apparati, 20 nafar yoshga velosiped hamda dori sepadigan uskuna, 6 nafar yoshga sartaroshlik asbob-uskunalari topshirildi.
Ushbu yoshlarimizga berilgan maxsulotlardan samarali foylanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi va kelgusida o’zlarining bandliklarini ta'minlash bo’yicha shahar hokimligi va hamkor tashkilotlar bilan ko’mak ko’rsatilishi bo’yicha tushuntirildi.