Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI.
2021-03-25 10:10:58 1427
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetiga borib, oliygoh faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarni ko’zdan kechirdi. Muloqot davomida oliy ta'lim muassasasi stadioni bugungi kun talablariga to’la javob bermasligi ma'lum bo’ldi. Uni qaytadan rekonstruktsiya qilish, zamonaviy ko’rinishga keltirish hamda talabalarga sport bilan shug’ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ullar ishtirokida kelishib olindi.
Keyingi manzilda shaharning Universitet ko’chasidagi 4-sonli musiqa va san'at maktabi faoliyati bilan bog’liq masala ko’rildi. Sababi ushbu muassasa binolaridan hozirda ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati ham foydalanmoqda. Ikki ta'lim maskanining bir joyda bo’lishi bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Viloyat hokimi 4-sonli musiqa va san'at maktabi jamoasini shaharning Dodxoh ko’chasidagi 1-sonli musiqa va san'at maktabiga ko’chishirish yuzasidan topshiriq berdi.
Yuksalish va Saylgoh ko’chalari kesishmasidan shahardagi istirohat bog’iga kirish yo’lagi bor. Viloyat hokimining o’rganishi shu yerda davom etdi. Xayrullo Bozorov, shahar hokimiga yo’lakni kengaytirish, ramziy darvoza qo’yish, uni ko’rkam qiyofaga keltirish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalarini aytib o’tdi.
Viloyat hokimi 17 gektardan ziyod hududni egallagan Ahmad Farg’oniy nomidagi istirohat bog’ida ham piyoda yurib, shahar sektorlari va bog’ ma'muriyati rahbarlariga manzarali daraxtlarni va gullarni yanada ko’paytirish, favvoralarni ishlatish, atrofni obodonlashtirish, odamlar dam olishlari uchun bog’ ichidagi o’rindiqlarni sifatli ta'mirlash kabi masalalarda topshiriqlar berdi. Istirohat bog’i yonidagi Kashtanzor ko’chasi ko’rinishini tubdan yangilash bo’yicha o’z takliflarini bildirdi.
Viloyat hokimi prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifidan so’ng katta o’zgarishlar, bunyodkorlik ishlari boshlangan “Shodiyona” MFY dagi bunyodkorlik hamda obodonlashtirish jarayonlari bilan ham tanishdi. Shahar hokimi va tegishli mutasaddilarga olib borilayotgan ishlarni esa tez va sifatli yakunlash zarurligini yana bir ta'kidladi.