Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-12-01 15:57:39 1114
Fuqaro V.Redjavalievaning Farg‘ona viloyati hokimligiga uy-joyga bo‘lgan talabi yuzasidan qilgan murojaati bo‘yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:
V.Redjavalieva 1983 yilda tug‘ilgan, Quva tumani “Baynalminal” mahallasidagi xonadonida doimiy ro‘yxatda turgan.
V.Redjavalieva joriy yil 12 noyabrda Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limiga og‘zaki ravishda murojaat qilib, 11 noyabr' kuni Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi bog‘da o‘tkazilgan sayyor qabulida bo‘lgan.
Fuqaro V.Redjavalievaning uy-joyga muhtoj ekanligini inobatga olib, shahar hokimligi zaxirasidagi Yangi asr ko‘chasi 130a-xonadonga vaqtincha joylashtirildi.