Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-11-27 11:13:43 1165
Farg‘ona shahar Beruniy mahallasidagi Quruvchilar ko‘chasi 15-uyda yashovchi fuqaro Vyacheslav Salnikov o‘zi yashab kelayotgan hududda daraxtlarning noqonuniy kesib yuborilganligi haqidagi murojaati shahar hokimligi, obodonlashtirish boshqarmasi, ekologiya bo‘limi va boshqa tashkilotlar tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.
Unga ko‘ra, 2-sektorga qarashli mazkur hududda mutasaddi idoralar tomonidan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari olib borilganligi, fuqaro Salnikovning uyi va boshqa xonadonlar atrofi qarovsiz holdaligi, tartibsiz o‘sgan butalar va mevali daraxtlar mavjudligi sababli mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirokida butash ishlari amalga oshirildi.