Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan aholining ehtiyoji qondiriladi

 2020-10-21 18:25:28    1075

PDF yuklash
Chop etish


Bugun xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyani Kengash raisi, shahar hokimi X.Xabibidinov ochdi va olib bordi.

Sessiyada shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, masalaga dahldor korxona va tashkilot rahbarlari, tijorat banklarining shaharga biriktirilgan vakillari hamda OAV vakillari taklif etildi.

O‘tkazilgan sessiyada kun tartibidagi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev raisligida joriy yilning 16 oktyabr' kuni “Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan shahar hokimi va sektor rahbarlarining o‘z hududlarida yaratilgan tizim, bozordagi shart-sharoitlar va narx-navo barqarorligini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Sessiyada ta'kidlanishicha, joriy yilning  1 noyabridan 2021 yil 1 maygacha bo‘lgan davrda 6 oylik mol va qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, tuxum, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlariga talabining aniq hisob-kitobi ishlab chiqildi.

Talabga ko‘ra, shahar bo‘yicha 3,1 ming tonna mol go‘shti, 1,0 ming tonna qo‘y go‘shti, 1,6 ming tonna parranda go‘shti, 2,1 ming tonna baliq, 17,2 mln. dona tuxum, 1,0 ming tonna guruch, 2,8 ming tonna shakar, 7,9 ming tonna kartoshka, 4,3 ming tonna piyoz, 3,4 ming tonna sabzi, 8,5 ming tonna boshqa sabzavotlar, 2,8 ming tonna poliz mahsulotlari, 9,4 ming tonna meva mahsulotlari zarurligi aniqlandi.

Yuqoridagi aholi ehtiyoji uchun talab etiladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 4 ta sektor va mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida hisob-kitoblari shakllantirildi.

Shahar aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi hamda yetishmagan mahsulotlarni qoplash manbalariga aniqlik kiritildi.

Mazkur tadbirlarni belgilangan tizim asosida, o‘z vaqtida va sifatli tarzda bajaralishi bo‘yicha barcha sektor va tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.