Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-09-04 18:10:59    944

PDF yuklash
Chop etish


Fuqaro Bekker Irina Vladimirovnaning ommaviy axborot vositalariga uy-joy masalasida qilgan murojaati yuzasidan Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Fuqaro I.Bekker Farg‘ona shahar hokimligiga uy-joy bilan ta'minlash masalasida yozgan arizasiga binoan uning yashash sharoiti Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, u o‘ziga xususiy mulk sifatida tegishli bo‘lgan Farg‘ona shahar Farg‘ona ko‘chasi 50-uyning 30-xonadonida (1 xonali, umumiy foydali maydoni 29.2 kv.metr) jami 5 nafar oila a'zolari bilan birga tiqilinch holda yashab kelayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi tomonidan fuqaro I.Bekkerning oilasining yashash sharoiti og‘irligi va oilasida nogironi borligini inobatga olib, hozirgi kunda davlat uy-joy fondida bo‘sh turgan uylar yo‘qligi ma'lum qilingan. Shuningdek, fuqaro I.Bekker va uning oila a'zolarining manfaatini ko‘zlagan holda kelgusida bo‘shaydigan oilaviy xonadonlardan navbatdan tashqari xonadon ajratib berish masalasi Farg‘ona shahar hokimligi huzuridagi uy-joy masalalari bo‘yicha doimiy harakatdagi komissisyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qonun doirasida hal qilinishi tushuntirilgan.

Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi tomonidan joriy yilning 2-yarmida hokimlik tasarrufida bo‘lgan Nizomiy ko‘chasi 3a-uyda joylashgan oilaviy xonadondan fuqaro I.Bekkerga taklif etilgan.

Biroq fuqaro I.Bekker taklif etilgan xonadonni oila a'zolari bilan birga joyida ko‘rib chiqib, xonadonni qabul qilib olishni rad etgan.

I.Bekker “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJga qarashli bo‘lgan A.Navoiy ko‘chasi 70-uyda joylashgan zavod ishchi xodimlari uchun qurilgan oilaviy yotoqxonaning bo‘sh turgan xonadonlaridan biridan ajratib berish so‘ralgan.

Mazkur yotoqxonadan xona ajratishni so‘rab shahar hokimligi tomonidan “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ rahbari nomiga joriy yilning 20 avgust kuni murojaat qilingan.

Zavod rahbariyati ushbu ko‘p qavatli uyning bo‘sh turgan xonadonlarida hozirgi kunda ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi va ta'mirlash ishlari tugatilganidan so‘ng, belgilangan tartib asosida fuqaro I.Bekker va uning oila a'zolariga xona ajratish masalasi ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.

Hozirgi kunda Farg‘ona shahar hokimligi tasarrufida bo‘sh turgan uy-joylar yo‘qligi sababli, birinchi navbatda turar joy bilan ta'minlanishi zarur bo‘lgan uy-joyga muhtoj sifatida hisobga olingan bolalarni turar joylar bilan ta'minlashda muammolar kelib chiqmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Farg‘ona shahar hokimligi tasarrufidagi oilaviy xonadonlarning birida kelgusida bo‘shagan xonadonlaridan ajratib berilishi ko‘rib chiqiladi.