Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2020-08-27 18:22:49 890
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 20 avgust kuni aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashi raisi, shahar hokimi X.Xabibidinovning aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha Farg‘ona shahrida amalga oshirilayotgan va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqqa asosan yangi tizim, tartib va yondashuv asosida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu masalada tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan “temir daftar”lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida “Yoshlar daftari”, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida “Ayollar daftari” ro‘yxatlari shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash tizimi joriy etilayotganligi ta'kidlab o‘tildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi T.Xoldarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliev, xalq deputatlari viloyat va mahalliy Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan daxldor idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Berilgan topshiriqlarning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va bu borada mahalliy kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.