Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-08-25 10:39:04 1017
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar Surxtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi eski yopilib ketgan qabristonni obod qilish jarayonida ariq ko‘milib qolib, oqibatda ariqdan foydalanadigan mahallalar suvdan mahrum bo‘lib qolgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Farg‘ona shahar Surxtepa mahallasidagi Hayrat ko‘chasi 123-uyda joylashgan “Vodiy star trans” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli dam olish maskani borib o‘rganilganida, “Best realtor” mas'uliyati cheklangan jamiyati Farg‘ona mintaqaviy filiali vositachiligida tuzilgan 2018 yil 29 dekabrdagi 253-son Kelishuv bayonomasiga asosan D.Isroilov o‘zaro oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olgan.
Fuqaro D.Isroilovga tegishli bo‘lgan dam olish maskanining umumiy yer maydoni 2476.4 kv.metr bo‘lib, bugungi kunda fuqaro tomonidan o‘z mablag‘idan bir qavatli bino va inshootlar qurib olingan.
Maskan ichki qismida Sirdaryo-So‘x irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish davomida Marg‘ilon shahrining 130 dan ortiq xonadonlari o‘zoq yillardan buyon Janubiy Farg‘ona kanalidan suv oluvchi uzunligi 3 km. dan ortiq 3 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat qiluvchi suv arig‘i borligi va tadbirkor tomonidan ariqning ustiga noqonuniy bino-inshoot qurilganligi aniqlangan.
Mazkur bino va inshootlar belgilangan tartibda, tegishli vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va ruxsatnomalari olinmasdan, shaharsozlik norma va qoidasi talablari asosida loyiha hujjatlari tayyorlanmasdan amalga oshirilgan.
Hozirda mazkur qurilish ishlarini amalga oshirish jaryonida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.