Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining o‘n birinchi sessiyasi

 2020-08-25 10:32:41    987

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining o‘n birinchi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Farg‘ona shahrida 2021 yilda g‘alladan qisqarilayotgan maydonlarda sabzavotchilikka ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil

6-7 iyun' kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 42-son majlis bayonining 30-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil16 iyuldagi 03/1-194-son yig‘ilish bayoniga asosan, 2021 yilda g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarda sabzavotchilikka ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil etish loyihalarining manzilli dasturi tadiqlangan.

Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish uchun meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish esa muhim ahamiyatga ega.

Dasturga muvofiq, sessiya qaroriga ko‘ra, shahar hududidagi 750 gektar g‘alla ekin maydonlari shahar hokimligi zaxirasiga qaytarib olindi.

Shahar yer maydoni tanlash va ajratish doimiy harakatdagi komissiyasi tomonidan hududlar kesimida yer maydonlari aniqlangandan so‘ng, sabzavotchilik yo‘nalishida klasterlar tashkil etish uchun doimiy harakatdagi tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Komissiya qarori bilan tanlab olingan tashabbuskorlarga 2021 yilda g‘alla hosilidan qisqartirilayotgan maydonlarda sabzavotchilikka ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil etish uchun 10 yil yoki uzoq muddatga ijara huquqi asosida ajratib beriladi.

Agroklasterlar tomonidan belgilangan maydonlarda yuqori daromadli, eksportbop meva-sabzavot yetishtirish chora-tadbiri ko‘rilishi lozim.

Shuningdek, yangi tashkil etiladigan agroklasterlarga tomanidan har bir gektar yerga 1 ta oilani ish bilan ta'minlash vazifasi yuklanadi.