Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi

 2020-08-18 16:31:49    927

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 18 avgust kuni xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi raisi, shahar hokimi X.Xabibidinov olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masala  joriy yilning 12 avgust kuni mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida  koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vazifalar muhokama qilindi.

X.Xabibidinov o‘z so‘zida xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputatlarining yuqoridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilishda faol ishtirok etishlari jumladan, ularning karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish yuzasidan o‘z hududlarida keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishi va nazorati bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish orqali tadbirkorlik sub'ektlari va aholining barcha qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida zaruriy choralarni ko‘rish va ijrosini ta'minlash ta'kidlab o‘tildi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala ya'ni, karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatilishi munosabati bilan fuqarolarning sanitariya talablariga qat'iy rioya etishlari zarurligi, karantin qoidalariga rioya qilgan holda yashash va mehnat qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda to‘g‘ri ovqatlanish, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatli ko‘rsatilishini tashkil etish masalalari yuzasidan Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Mamajonovning murojaati eshitildi.

Ta'kidlanganidek, koronavirus infeksiyasi dastlab Fransiya davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro tomonidan 15 mart kuni, Farg‘ona shahriga esa Turkiya davlatidan qaytgan fuqaro tomonidan 22 mart kuni qayd etilgan.

O‘tgan davr mobaynida shahrimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 41 nafar bemorlar aniqlanib, ularning 39 nafari to‘liq sog‘ayib, odatiy hayotga qaytarildi. Bugungi kun holatiga shifoxonalarda jami 2 nafar bemorlar davolanmoqda.

Jumladan, Rishton tumanidagi viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar bemorlarda davolash muolajalari olib borilmoqda.

Quvonarli jihati shundaki, shahrimizda kasallik natijasida o‘lim holati aniqlanmagan. Kasallikka chalingan va davolanayotgan 2 nafar bemorning ahvoli qoniqarli holatda.

Karantin nazoratiga olingan fuqarolar 316 nafarni tashkil etib, ularning barchasi o‘z xonadonlarida karantin kuzatuviga olingan.

Bemorlarning hamroh kasalliklarini davolash maqsadida har bir bemorga 2-3 nafardan malakali shifokorlar biriktirilgan bo‘lib, sutkasiga 2 martadan ularning holidan xabar olinmoqda.

Farg‘ona shahridagi barcha ambulator poliklinika muassasalari 16 ta stasionar va 175 ta mobil' telefonlar bilan ta'minlangan. Barcha poliklinikalarda 24 soatlik ish tizimi tashkil etilgan. 1 ta muassasa “COVID  poliklinika”ga moslashtirilgan.

Kam ta'minlangan oilalar, nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 540 mln.so‘mlik 1544 dona 21 turdagi dori vositalari to‘plami tarqatildi. Koronavirus kasalligiga gumonlanuvchi bemorlarni uy sharoitida davolanishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 600 ta qutidan iborat dori vositalari to‘plami shahar tibbiyot birlashmasining mutaxassislari tomonidan maqsadli tarqatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shaharda 6 ta sport zallarida 595 ta o‘rin-joylar zahirasi sanitariya qoidalari talablariga mos ravishda tayyorlab zaruriy inventar hamda jihozlar bilan ta'minlangan.

Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Sh.Siddiqova hamda xalq deputatlari Oliy Majlis Senati a'zosi T.Xoldarovlar so‘zga chiqdilar.