Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ongli ravishdagi savodxonlik targ‘iboti
2020-06-19 21:11:50 1453
Zamonaviy jamiyatda axborot oluvchilarning asosiy qismi televidenie, radio, gazetadan farqli o‘laroq internet saytlari, xususan G‘acebook, Instagram,Telegram ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanadi. Radio, televidenie, gazeta va jurnallar o‘zbek adabiy tili me'yorlariga amal qilgan holda axborot beradi. Ma'lum jihatdan ular qolipga solingan. Lekin internet tarmog‘i birmuncha erkinliklarga ega. Ya'ni kim biror voqea hodisa haqida xabar bermoqchi bo‘lsa, istalgan usulda - xoh shevada, til qoidalariga rioya qilmay beraveradi. Muammo ham mana shunda. Davlat tilinining sofligini saqlash borasida shunday tartib o‘rnatishimiz lozimki, har bir inson ongli ravishda qaysi saytda post qoldirishi yoki axborot yozishidan qat'iy nazar o‘zbek tili qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozim. Bu ona tilimizga bo‘lgan hurmat bilan birga millatimiz savodxonligini oshirish yo‘lidagi dadil qadamlarimizdan biri bo‘ladi.
F.Mamajonov,
Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi