Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-05-22 18:05:51 1357
Farg‘ona mexanika zavodi hududining qarovsiz qolib ketgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda mulohazalar bildirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob'ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1007-son qaroriga muvofiq, “Ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashgan ta'mirlash korxonasi” hamda “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ hududadi kichik sanoat zonasi barpo etish belgilangan.
Bugungi kunda ushbu hududni zarur yo‘l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda.
Kichik sanoat zonasida 30 dan ziyod loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.