Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-05-21 16:01:39 1165
Farg‘ona shahar Ibn Sino nomli mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi asr ko‘chasi 170-uy 21-xonadonida ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Zohidovaning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan murojaati bo‘yicha o‘rganilganda, quyidagilar ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro R. Zohidova Ibn Sino mahalla fuqarolar yig‘iniga bir marta ham yozma yoki og‘zaki ravishda 14 yoshgacha nafaqa puli so‘rab murojaat qilmagan. Unga MFY tomonidan nafaqa puli berilishi uchun Ibn Sino nomli MFY raisi nomiga oyning 15 sanasiga qadar yozma ravishda ariza va kerakli hujjatlar taqdim etgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bo‘yicha nafaqa tayinlash komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilishi tushuntirildi.
Uy-joy masalasi tegishincha o‘rganib chiqilmoqda.
R.Zohidovaga “Saxovat va ko‘mak” xayriya fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlangan.