Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG‘ONA SHAHAR HOKIMLIGI HAMDA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI OGOHLANTIRADI!

 2020-05-20 18:13:52    1052

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar aholisi hamda shahrimiz mehmonlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan ehtiyot bo‘ling!

Suv toshqini - og‘ir tabiiy ofat hisoblanadi. Kuchli jala quyishi, qorlarning tez erib ketishi, to‘lqin qaytishi yoki daryo ustidagi shamolning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan daryo suvlarining toshib ketishi ko‘pchilik suv toshqinlarining sababi hisoblanadi.

Dalada bo‘lgan kishilar to‘satdan suv toshqiniga duch kelsalar tepalik joylariga chiqishlari, turli suzuvchi predmetlardan foydalanishlari zarur.

Sel oqimlari - oqib kelayotgan suv, qum, loy, tosh maydalari va xatto katta-katta toshlar aralashmasidan iborat oqimdir.

Ko‘chkilar - tog‘ qoyalaridagi, ko‘pincha esa daryo va suv xavzalaridagi muvozanatning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi.

Agar sel oqimi yaqinlashib kelayotganligi xavfining dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq iloji boricha tezroq xonadan xafvsiz joylar (bino tomlari, baland qir, adirlar)ga chiqish zarur. Xonadan chiqib ketayotganda imkon qadar elektr, gaz va suv tizimlarini tarmog‘dan o‘chirib chiqish lozim. Bularning o‘chirmaslik yanada katta xavflar ya'ni yong‘in va portlashlar sodir bo‘lishiga olib keladi.

Hurmatli fuqarolar! Ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida kuchli yomg‘ir va shamollar natajasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish o‘zingiz va oila a'zolaringiz hayotini saqlash eng asosiy omildir.

 

F.Mamajonov,

Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi

 

A.Apponov,

Farg‘ona shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi bo‘linma boshlig‘i, katta leytenant