Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg'ona shahar qurilish boshqarmasining bildirishi
2020-05-04 18:47:42 1214
Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasi 8v, 8b, 10, 12, 14 va 205-ko‘p qavatli turar-joy binolari old va yon tomonlarida 3 dona 5 qavatli harbiy xizmatchilar uchun turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, “Qishloq Qurilish Invest” MChJ IK Farg‘ona viloyati filialiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PQ-4028-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Farg‘ona shahar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, Farg‘ona shahar yong‘in xavfsiligi bo‘limi, Farg‘ona shahar davlat sanitariya epidemioligiya nazorat markazi va Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasining xulosalariga asosan, Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasi 8v, 8b, 10, 12, 14 va 205-ko‘p qavatli turar-joy binolari old va yon tomonlarida 3 dona 5 qavatli harbiy xizmatchilar uchun turar-joy binolari qurish, shuningdek tutash hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun 3000,0 kv.metr yer maydon ajratib berish to‘g‘risida Farg‘ona shahar hokimining 2019 yil 27 dekabrdagi 1216-son qarori qabul qilingan.
“Qishloq Qurilish Invest” IKning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 may kungi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 370-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatiga ko‘ra Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasi tomonidan 2020 yil 20 yanvardagi 9-F-son Arxitektura Rejalashtirish Topshirig‘i (ART) hujjatlari tayyorlanib berilgan.
Loyiha hujjatlari va Bosh rejasi viloyatning tegishli tashkilotlari bilan kelishilib, tasdiqlangan Bosh reja bo‘yicha qurilish ishlari boshlaganligini ma'lum qilamiz.
Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasi