Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Saxovat bilan o‘tayotgan damlar
2020-04-18 22:03:50 1081
Yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda hamjihatlik bilan bu murakkab davrni talafotsiz o‘tkazish, fuqarolarni moddiy hamda maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha tashkilot va korxonalar, tadbirkorlar xayr-saxovat ishlarini davom ettirmoqda.
Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan hududdagi 4 ta sektor kesimida jami 300 nafar yakka yolg‘izlar, keksalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur xayriya tadbirida 73 mln 500 ming so‘mlik mol go‘shti, o‘simlik yog‘i, makaron mahsulotlari, kartoshka, un, sabzi, piyoz, choy, to‘z, guruch, shakar yetkazib berildi.
Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida 86 ta ko‘p qavatli uylar dezinfektsiyadan o‘tkazildi.
Uyma-uy yurish orqali 477 ta xonadonda koronavirusni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan radiouzel va avtomobil megafonlar orqali fuqarolarga kasallikni oldini olish hamda karantin shartlarini to‘liq bajarish yuzasidan murojaatnoma eshittirib borilmoqda;
Fuqarolarning isteʼmol zaruratlarini to‘ldirish maqsadida shaharning markaziy dehqon bozordan uzoq masofada joylashgan 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari yarmarkalari uyushtirildi. Аholini non bilan taʼminlash maqsadida Z.M.Bobur, Lolazor, А.Qodiriy, O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inlarida arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi. Shahardagi oziq-ovqat do‘konlarida narxlar o‘z boshimchalik bilan ko‘tarilishini oldini olish maqsadida jamoatchilik nazorati o‘rnatildi.