Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SАXOVАT, HАMJIHАTLIK – ULUG‘ FАZILАT
2020-04-06 20:58:18 1174
Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish davrini talafotsiz o‘tkazish, xalqimizni moddiy hamda maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha tashkilot va korxonalar, tadbirkorlar xayr-saxovat ishlarini boshlab yuborgan.
Bugun Farg‘ona shahridagi 4 ta sektor kesimida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda homiylar tomonidan jami 301 nafar yakka yolg‘izlar, keksalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar holidan habar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur xayriya tadbirlariga 30 mln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.