Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-03-31 17:42:44 1180
Feysbuk tarmog‘ida Farg‘ona shahar, Sayilgoh ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi oldida avtomashinalar harakatlanishi taʼqiqlanganiga qaramay, mashinalar to‘planib qolganligi haqida xabar tarqatilgan.
Ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘rganib chiqildi.
Аsosan xarid uchun kelganligi mazkur avtomashinalar joriy etilgan tartib rioya qilinmayotgani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik holatlariga tegishli dalolatnomalar tuzilib, tegishli choralar belgilandi.
Ichki ishlar yo‘l patrul xizmati, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan shahar hududida ovozkuchaytirgich moslamalari bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
Fuqarolarimizdan iltimos qilardikki, shaxsiy maqsadlarda yoki bemavrid ko‘chaga chiqmasliklari, ayniqsa, avtomashinalari bilan ko‘chada yurmasliklarini so‘raymiz.