Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Deputatlar targ‘ibot tadbirlarida
2020-03-26 19:01:27 1239
Farg‘ona shahar Kengashi deputati Gulbahor Husanova tomonidan shahardagi Аl-Xorazmiy va Jomiy ko‘chalarida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ko‘p qavatli uylar va xonadonlarda yashovchi fuqarolarimizning imkon qadar ko‘chaga chiqmaslik, zarur holatlarda esa tegishli tibbiy niqoblarda, ehtiyot bo‘lib harakatlanish tushuntirildi. Shuningdek, deputatimiz tomonidan hududdagi savdo do‘konlarida aholining asosiy isteʼmol mahsulotlari narxning asossiz oshib ketmasligi ko‘zdan kechirildi va tadbirkorlimizga tavsiyalar berildi.