Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-03-19 16:13:15 1268
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida joylashgan istirohat bog‘i yonida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi qurilayotgani, bu yerda yashovchi mahallalarda yashovchi fuqarolar ushbu qurilishdan norozi ekani haqida shikoyat qilingan.
Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
“IZUMRUD FERGANA” MChJga tegishli shahardagi Yuksalish ko‘chasi 38-uyda joylashgan istirohat bog‘i va xizmat ko‘rsatish bino-inshootlari hududidagi bo‘sh yer maydoniga avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi qurilishi bo‘yicha xabar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, “IZUMRUD FERGANA” MChJga O‘zbekiston Respublikasi “Er kodeksi”ning 7-moddasi va “Shaharsozlik kodeksi”ning 20-moddalariga asoslanib, Energetika vaziri birinchi o‘rinbosarining 2019 yil 12 noyabrdagi ruxsatnomasi, Farg‘ona shahar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining 2019 yil 17 dekabrdagi xo/01-2745-son, Farg‘ona viloyati yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 2019 yil 18 dekabrdagi 27/1-2996-son, Farg‘ona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 2019 yil 16 dekabrdagi 01-08/09-5551-son, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2020 yil 27 yanvardagi 62-son, Farg‘ona viloyat qurilish bosh boshqarmasining 2020 yil 20 yanvardagi 01-14/31-son xulosalari, Farg‘ona shahar “Yangi soy” mahalla fuqarolar yig‘inining bayonnomasi, berilgan. Shuningdek, “IZUMRUD FERGANA” MChJning shahar hokimligiga yozgan xati, Farg‘ona shahar hokimligi huzuridagi aholi punktlarida turar va noturar-joy qurish uchun yer maydoni tanlash va ajratish, obodonlashtirish hamda o‘ziga tegishli hududda bino-inshootlari qurish bo‘yicha doimiy harakatdagi komissiyasining 2020 yil 27 yanvardagi dalolatnomasi tasdiqlangan.
Ushbu xulosa va bayonnomalarni inobatga olgan holda, Farg‘ona shahar hokimligining 2020 yil 14 fevraldagi “IZUMRUD FERGANA” MChJga 2019 yil 7 dekabrdagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasiga asosan tegishli bo‘lgan, shahardagi Yuksalish ko‘chasi 38-uyda joylashgan jami 7437,0 kv.metrdan iborat istirohat bog‘i va xizmat ko‘rsatish bino-inshootlari hududidagi bo‘sh yer maydoniga avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining akkumulyator batareyalarini umumiy sig‘imi 1,6 metr kubdan va balonlar soni 20 tadan ortiq bo‘lmagan hajmli siqilgan tabiiy gaz akkumulyatori bloki yer ostida joylashtirish sharti bilan qurishga ruxsat berish to‘g‘risida 73-son qarori rasmiylashtirilgan.
“IZUMRUD FERGANA” MChJning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 may kungi “Аrxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 370-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatiga ko‘ra Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasi tomonidan 2020 yil 27 fevral kuni 45-F-son Аrxitektura Rejalashtirish Topshirig‘i (АRT) hujjatlari tayyorlab berilgan.