Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bayonoti
2020-03-03 15:42:29 1460
Ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlarning sahifalarida Farg‘ona shahar hokimligi majburiy ravishda har xil tarqatma targ‘ibot vositalarini tadbirkorlarga majburan sotayotgani haqida xabarlar tarqatildi.
Jumladan, Muxbir Daliev degan blogerning t.me/muxbir1/4573, O‘ylashimcha!? nomidagi telegram kanalning t.me/ithink_uz/3213, shuningdek, feysbukdagi “Obuna “Majburiy emas” sahifalarida shunday xabarlar joylashtirilgan.
Farg‘ona shahar hokimligi ushbu holat yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni maʼlum qiladi:
Hokimlik tomonidan tadbirkorlarga Navro‘z umumxalq bayrami yoki boshqa tadbirlarga doir tarqatma vositalarini, shuningdek, turli anjomlarni (gerb, bayroq, turli adabiyotlar...) nafaqat majburan o‘tkazishga, balki umuman sotuvini tashkil etishga hech qanday aloqasi yo‘qligini qatʼiy maʼlum qiladi.
Hokimlik tomonidan shunday uddaburonlik bilan “tadbirkorlik” qilayotgan fuqaro qilmishlari aniqlandi va unga huquqiy chora ko‘rish uchun tegishli ishlar olib borilmoqda (qo‘shimcha maʼlum qilinadi).
Savdo markazlari, muassasalar va boshqa har qanday tashkilotlarga Farg‘ona shahar hokimligi nomidan shunday harakatlarini olib borayotgan fuqarolar aniqlansa, bizga maʼlum qilishlarini so‘raymiz. Bog‘lanish uchun +99873-243-91-91 raqamiga murojaat qilishlaringizni so‘raymiz.
Hurmatli bloger va boshqa shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolardan har xil aniqlanmagan maʼlumotlarni tarqatishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Bir yoqlama xabarlar hokimlik ishchanligi va obro‘siga putur yetkazishga olib kelishi va fuqarolarda davlat hokimiyati idorasiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini uyg‘otishi mumkin.