Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-03-02 18:17:18    1266

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar “Kimyogarlar” sanoat hududidagi dala hovlilardagi mavjud ko‘chmas mulk obʼektlari hamda yer maydonlari o‘rganib chiqildi.

Mazkur dala hovlilar 5 ta alohida hududlarda joylashgan bo‘lib, xatlov jarayonida mazkur hududlar xaritalari hamda foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirildi.

Bugungi kunga qadar balansda jami 51 gektar, shundan Farg‘ona sanoat va xo‘jalik qurilish hissadorlik jamiyatiga tegishli 6 gektar hamda sobiq Qirguli tuman hokimligi zaxirasida 45 gektar dala hovli yer maydonlari mavjud bo‘lgan. Xatlov natijasiga ko‘ra jami 275 ta 27,14 gektar dala hovlilar mavjudligi, shundan 12785,3 metr kvadrat qurilish egallagan maydonlar aniqlandi.

O‘rganish jarayonida 2-hududda jami yer maydoni 5,97 ga bo‘lib, shundan 4,72 ga yer maydonida 85 ta dala hovlilar joylashgan, shundan 4725,4 metr kvadrat qurilish egallagan maydonlar, qolgan 1,25 ga yer maydoni ushbu dala hovlilarga kirib chiqish yo‘li va umumiy foydalanishdagi maydonlaridan iborat. Ushbu hudud 10000 Kvt, yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari liniyasi ostida joylashgan, ushbu yer maydonlarini ajratib berilishi bo‘yicha hujjatlar mavjud emas. Ichimlik suvi hamda gaz bilan taʼminlanmagan. Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy chora ko‘rish ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz.