Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-01-29 11:49:01 1100
Farg‘ona shahar Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi, IIB xodimi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi it ovlash bo‘limi, shahar veterinariya bo‘limi, shahar hokimligi huzuridagi uy-joy bo‘linmasi, “Kimyogar” MFY xodimlari ishtirokida Nizomiy ko‘chasi Za-uy umumiy yotoqxonada yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan ishchi guruh tashkil etilib, yotoqxona holati o‘rganildi.
Yotoqxona 3 yo‘lakli 4 qavatdan iborat bo‘lib, hozirda yashayotgan fuqarolar shartnoma asosida yashab kelishmoqda.
O‘rganish davomida yotoqxona fasad qismida taʼmirlash ishlari o‘tkazilgan, atrofida tozalov ishlari amalga oshirildi.
Ushbu uyning 4 qavatida yashovchi fuqarolarning Veterinariya maxsus sertifikatisiz it va mushuklar borligi aniqlanib, obodonlashtirish boshqarmasi it ovlash brigadasi tomonidan olib ketildi hamda ushbu uyda yashovchi fuqarolarga tegishli ko‘rigdan o‘tkazilmagan uy hayvonlarini boqish va saqlash inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi bo‘yicha tushuntirish berildi.
Yotoqxonada fuqarolar tomonidan 3-qavat 1-kirish yo‘lagi hozirda berkitilgan bo‘lishiga qaramay maishiy chiqindilar va uy-ro‘zg‘or buyumlar qoldiqlari tashlanganligi natijasida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi.
Ushbu holat Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan tozalanib barataraf etildi.
To‘plangan maishiy chiqindilar hududdan tashib chiqib ketildi.