Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-01-24 18:37:54 1199
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar Q.Niyoziy ko‘chasida joylashgan “Farg‘ona olimjon kelajagi” xususiy korxonasiga qarashli avtoturargoh faoliyati yuzasidan murojaat qilingan.
Аvtoturargoh 2015 yil 1 may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va unga R.Odiljonov rahbarlik qilib kelmoqda. Аvtoturargohda nazorat kassa mashinasini o‘rnatilgan va to‘lov terminali mavjud.
Fuqaro murojaatida qayd etilgan holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borildi. Ushbu jarayonda qo‘pol muomalada bo‘lgan S.Sulaymonovga nisbatan korxona rahbariyati tomonidan intizomiy jazo chorrasi qo‘llanilib, unga nisbatan “hayfsan” eʼlon qilindi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi, hududga kirib-chiquvchi haydovchi va boshqa fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, avtoturargoh qonun-qoidalarini to‘g‘ri tushuntirishlari bo‘yicha korxona rahbariyati tomonidan ko‘rsatma berildi.