Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining bildirishi

 2020-01-04 23:20:06    1658

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro А.А.ning Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida ko‘rsatilgan pullik tibbiy xizmat haqidagi murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-2107-son Farmoni hamda Sog‘liqni saqlash hamda Moliya vazirligi tomonidan 1999 yilda tasdiqlangan hamda Аdliya vazirligi tomonidan 1999 yil 22 martda 679-son bilan ro‘yxatga olingan “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi”ga muvofiq pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davlat davolash muassasalari, uning tartibi, turlari belgilab qo‘yilgan.

Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasiga ham viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2016 yil 6 oktyabrda pullik xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnoma berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandiga muvofiq, agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz (ordersiz) tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat etsa, tibbiy yordam belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan.

Shunga asosan, pullik xizmat turlari preyskuranti shifoxona tomonidan tasdiqlangan va shifoxona qabulxonasida va boshqa ko‘rinarli joylarda maʼlumotnomalar ilingan.

2 yanvarь kuni shifoxonaga jami kun davomida 79 nafar fuqaro murojaat qilgan, ularning 12 nafar davolash uchun yotqizilgan. 16 nafar yo‘llanmasiz murojaat qilgan fuqaroga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatilgan va shifoxona kassasiga kirim qilingan.

Shu kuni shifoxonaga murojaat qilgan Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro А.А. aslida o‘z yashash joyidagi bolalar shifoxonasida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan. Lekin u yo‘llanmasiz Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasiga murojaat qilgan va preykurantga muvofiq ambulator ko‘rikdan o‘tkanligi uchun 15 ming so‘m to‘lov qilgan. Bu yerda hech qanday noqonuniy xatti-harakat sodir etilmagan.

Kelgusida shu va shunga o‘xshash tushunarsiz holatlar takrorlanmasligi uchun shifokorlar tomonidan fuqarolarga batafsil maʼlumot berish ishlarini olib borish lozimligi tushuntirildi.