Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining sessiyasi

 2019-10-10 14:23:30    1983

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining navbatdagi XXXXII sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi Farg’ona sha-har saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlash to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi sessiyasi raisi O.Qozixonovaning mahruzasi eshitildi.

Mahruzada O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 20 sentyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanishini ehlon qilish to’g’risida"gi qaroridan kelib chiqib, mamlakatimizda siyosiy jarayon boshlanganligi, bu galgi saylovning oldingilaridan farqli jihatlari, beshta siyosiy partiya ishtirok etayotgan ushbu muhim jarayon – "Yangi O’zbekiston: yangi saylovlar" shiori ostida o’tkazilishiga alo-hida ehtibor qaratildi.

Saylovoldi targ’ibot ishlarida, eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartiblarga qathiy amal qilish, xolislik, shaffoflikni tahminlash, fuqarolarning faol ishtirokini tahminlashda nimalarga ehtibor qaratish lozimligi tushuntirildi, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi

Sessiyada xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi har bir saylov okrugiga to’g’ri keladigan saylovchilar normasi hisobga olinib tegishli okruglar tuzish to’g’risida fikrlar bildirildi.

Sessiyada yangi chaqiriq xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi Farg’ona shahar saylov komissiyasi tarkibiga tavsiya etilgan nomzodlar muhokama etilib, bir ovozdan tasdiqlandi.