Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining sessiyasi
2018-08-08 17:44:22 2705
Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining sessiyasi
Farg’ona shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining navbatdan tashqari XXXIII sessiyasi bjo’lib o’tdi. Unda Farg’ona shahridan xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylangan deputatlar, Farg’ona shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o’rinbosarlari, shahar hokimligi b o’lim va boshqarmalari, korxona, tashkilot, muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tijorat banklari, fermer xo’jaliklari rahbarlari, siyosiy partiyalar va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, shahar hududida tashkil etilgan sektorlar mas’ullari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Sessiyani xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi raisi o’rinbosari A.Nabiev ochdi va olib bordi.
Sessiyada kun tartibiga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha belgilab bergan vazifalarning ijrosini so’zsiz ta’minlash yuzasidan shahar hokimi, shahar prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va Davlat soliq inspektsiyasi rahbarlarining hisobotlari haqidagi masala atroflicha ko’rib chiqildi.
Sessiya avvalida viloyat hokimi Sh.G’aniev s o’zga chiqdi. Viloyat hokimi davlatimiz rahbari Farg’ona viloyatiga tashrifi doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishgani va xalq bilan muloqot qilgani hamda Oltiariq tumanida viloyat faollari bilan o’tkazgan yig’ilishda sohalar bo’yicha bildirgan tanqidiy-tahliliy munosabati hamda olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kuchaytirish masalalarida aniq vazifalarni belgilab bergani haqida fikr bildirar ekan, Farg’ona shahrida joriy yilning besh oyida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan jiddiy kamchiliklarga atroflicha to’xtalib o’tdi.
Jumladan, viloyat hokimi shaharda sanoatni va iqtisodiyotni rivojlantirish, soliq sohasida qo’shimcha manbalarni aniqlash, bo’sh turgan davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarali foydalanish, investitsiya va eksport hajmini oshirish, aholini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, aholini tadbirkorlikka yo’naltirish, tomorqachilikni izchil yo’lga qo'yish kabi masalalarda yo’l qo’yilgan ayrim kamchiliklarga tanqidiy munosabat bildirdi. Beshta yo’nalish bo’yicha jalb qilinayotgan mablag’lardan oqilona foydalanish tizimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
So’ngra sessiyada shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, 4-sektor rahbari I.Alimov, shahar IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari H.Soliev, shahar prokurori, 2-sektor rahbari M.Raxmonov, shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Erkaboevning kun tartibidagi masala yuzasidan hisobotlari eshitildi. Hisobotlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor choratadbirlar to’g’risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etib berildi hamda amaliy ishlar slayd ko’rinishida namoyish etildi.
Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Erkaboevning hisobotida bayon etilganidek, aholining turmush darajasini oshirish, bandligini ta’minlash, yangi ish o’rinlarini yaratish, sanoatni yuqori sur’atda, jadal rivojlantirish, shu asosda yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan sifatli, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish hamda turlarini kengaytirish, shu bilan birga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, amaldagilarini modernizatsiya qilish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish vazifalari belgilab olingan.
Sektor hududida joylashgan 20 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridagi 23225 ta xonadonlar birinchi chorakda 100 foiz va ikkinchi chorakning bugungi kunigacha 20560 ta xonadonlar o’rganib chiqildi.
O’rganish davomida asosiy e’tibor 11 ta toifalangan xonadonlarga qaratildi. Aniqlangan muammolarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. "Yo’l xaritasi"ga kiritilgan muammolar ham o’z echimini topib bormoqda. 103 ta kam ta’minlangan oilalarga 325,0 mln. so’m moddiy va ma’-naviy yordamlar ko’rsatildi.
Sektor hududida o’rganishlar mobaynida 35 nafar fuqarolarning protez-ortopediya mahsulotlari va nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlanib, 22 nafar fuqarolar nogironlik aravachasi va 5 nafari protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni uy bilan ta’minlash maqsadida shahardagi 4 ta bo’sh turgan binolarni oilaviy xonadonlarga aylantirish orqali 232 ta xonadon qurib bitkazildi va birinchi navbatda nogironlarga, mehribonlik uyida tarbiyalangan shaxslarga va kam ta’minlangan, yakka-yolg’izlarga berildi. Shundan 1-sektor bo’yicha 84 ta oilalar uy-joy bilan ta’minlandi.
Aholini ish bilan ta’minlash masalasida sektor bo’yicha aniqlangan 780 nafar ishsiz fuqarolardan bugungi kunga qadar 434 nafari doimiy ishga joylashtirildi, shundan 220 nafari jamoatchilik asosida mavsumiy ishga jalb qilindi, 126 nafari qayta o’qitishga yo’naltirildi.
2018-2019 yillarda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlariga asosan 30 ta loyihani amalga oshirish belgilab olindi (sanoat sohasida 16 ta, xizmat ko’rsatishda 11 ta va qishloq xo’jaligi yo’nalishida 3 ta).
Mazkur dastur loyihalariga asosan, 2018-2019 yillarda jami 354,0 mlrd. so’m investitsiyalar jalb qilinib (shundan 4,0 mln. AQSh dollar xorijiy investitsiya, 181,6 mlrd. so’m bank kreditlari, 141 mlrd. so’m o’z mablag’lari o’zlashtiriladi), buning natijasida 1414 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi hamda byudjetga 8,2 mlrd. so’m qo’shimcha daromad olinadi.
Yil yakuniga qadar 1-sektor bo’yicha soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish hisobiga 10 ta yo’nalish bo’yicha mahalliy byudjetga iyun-dekabr oylarida jami 94,9 mlrd. so’m qo’shimcha tushum tushirish imkoniyati mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Har bir oila – tadbirkor" dasturini amalga oshirish to’g’risida"gi qarori asosida ishchi guruhlar tomonidan xonadonlar o’rganib chiqilmoqda. Bugungi kungacha 5320 ta xonadonlar o’rganilib, 7,0 mlrd. so’m talab aniqlandi.
Shuningdek, shahar hokimi shaharda eksport qiladigan korxonalar soni 22 tadan 41 taga yetkazilib, eksport geografiyasi kengaytirilgani, sektor hududidagi 37 ta bo’sh turgan ob’ektlar aniqlanib, bino egalariga amaliy yordam ko’rsatilgani hamda 14 ta ob’ekt ishga tushirilganini aytib o’tdi.
Hisobotlar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari R.To’raqulov, F.Madalieva, D.Toshmatov, Sh.Abbasova, D.Mamadjanova, T.Ismailov, M.Maxametova, R.Suleymanova, O.Xizirov, F.Abdillazov, A.Abdullaev va boshqalar munosabat bildirib, sektorlar rahbarlariga shaharni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, byudjet daromadlari rejasini bajarish va qo’shimcha manbalar aniqlash, bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarali foydalanish, shahar fuqarolarining toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, "Obod mahalla" va "Har bir oila – tadbirkor" dasturlaridan kelib chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar xususida hamda joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etish kabi masalalarda savollar bilan murojaat etishdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o’rinbosari M.Abdullaev sektorlar rahbarlari ishiga munosabat bildirdi hamda ularga bir necha savollar bilan murojaat etdi.
Sessiya yakunida viloyat hokimi Sh.G’aniev so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida hamda Oltiariq tumanida viloyat faollari bilan videomuloqot tarzidagi yig’ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan bildirgan tanqidiy-tahliliy munosabatidan kelib chiqqan holda, xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, rahbar xodimlar hamda shahar faollari oldida turgan dolzarb masalalarga to’xtalib o’tdi, muhim yo’nalishlar bo’yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Sessiyada xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi deputatlari har bir sektor rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni qoniqarli deb baholadilar. Bildirilgan takliflar, qo’shimchalar hisobga olingani holda tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o’rinbosari S.Saidkarimov ishtirok etdi.
R.ORIPOV.
SURATLARDA: shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, 4-sektor rahbari I.Alimov, shahar prokurori, 2-sektor rahbari M.Raxmonov, shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Erkaboev hisobot berishmoqda hamda sessiya jarayonlari.
Sh.QORABOEV olgan suratlar.