Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’quv mashg’uloti
2018-03-09 21:05:51 1924
Farg’ona shahrida shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Tibbiyot birlashmasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Veterinariya bo’limi, mahalla fuqarolar yig’inlari hamkorligida quturish kasalligi va uning oldini olish masalalariga bag’ishlangan o’quv-taktik mashg’ulotlar o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotlari davomida joylarda aholiga quturish kasalligi, uning kelib chiqishi va shakllari, profilaktik tadbirlar haqida keng tushunchalar berildi. Kasallik tarqatuvchi qarovsiz uy hayvonlaridan va kemiruvchilardan saqlanish chora-tadbirlari targ’ib qilindi.
Oilaviy poliklinikada shartli ravishda it tishlashi natijasida jarohat olgan bemorlarga tez tibbiy yordam ko’rsatish amalda ko’rsatildi, shahar Veterinariya bo’limida kasallangan hayvonni karantinda saqlash, joylarni dezinfiktsiyalash, Sakkokiy ko’chasidagi shartli ravishda kasallik kelib chiqqan xonadonlardan birida kasallangan hayvonni va kasallik virusini yo’q qilish mashqlari bajarildi, fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Shu o’rinda fuqarolarga eslatib o’tmoqchimizki, agar siz yashayotgan hududda qarovsiz va daydi hayvonlar paydo bo’lsa, darhol Farg’ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining markaziy dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishingiz lozim.