Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Koreyalik ishbalarmonlar Farg’onada
2018-03-09 21:02:55 1989
Koreyalik ishbalarmonlar Farg’onada
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari, tadbirkorlari Farg’ona viloyatining iqtisodiy salohiyati, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Farg’ona viloyatida janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda yigirmaga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. O’tgan yilda tadbirkorlar o’rtasidagi hamkorlik natijasida tashqi savdo aylanmasi 79 million dollarni tashkil qildi. Do’stlik ramzi sifatida Qo’qon shahrida koreys bog’i tashkil etilmoqda.
Farg’onada koreys tili va turli hunarlar o’rgatiladigan maktab ochish, tibbiyotdagi hamkorlik va o’zaro tajriba almashish, viloyat markazida ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga oid takliflar ma’qullandi va memorandumlar imzolandi.
Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlari “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan Mehmonlar Farg’ona shahrida faoliyat yuritayotgan “UzSungwoo” qo’shma korxonasi bilan tanishdi.