Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg'ona Davlat Politexnika Instituti
2017-09-28 18:36:03 11177
XX asrning 60 yillarida Respublikamizda, ayniqsa, Farg'ona vodiysida sanoat korxonalarining rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining ko'payishi hududda milliy muhandis kadrlarga bo'lgan talabning keskin oshishiga sabab bo'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 251-A buyrug'iga asosan 1967 yilda Toshkent politexnika institutining Farg'ona filiali bazasida mustaqil Farg'ona politexnika instituti tashkil etildi.
Dastlab institutda 70 o'qituvchi-xodimlar ishlagan bo'lib, shundan 3 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'lgan. Institutga Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi, "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, 8-qurilish trestiga qarashli binolardan ajratib berildi. Qisqa vaqt ichida bu binolar o'quv mashg'ulotlari olib borish uchun moslashtirildi. 1967 yil avgust oyida institutga birinchi marta "Sanoat va fuqaro qurilishi", "Mashinasozlik texnologiyasi" va "Energetika" mutaxassisliklari bo'yicha qabul amalga oshirildi.
Institutda ishlash uchun butun mamlakatdan ilmiy-pedagogik xodimlar, Toshkent politexnika institutini bitirgan qobiliyatli yosh mutaxassislar ishga taklif qilindi.
Yildan-yilga institut kengayib, yangi kafedralar, fakultetlar ochila bordi. Hozirgi kunda institut Farg'ona shahrining xushmanzara joyini makon etgan, uning o'quv binolari, yotoqxonalari, sport inshoatlari, axborot resurs markazi, dam olish, sihatgoh, madaniyat saroyi - hammasi jamul jam bo'lib, o'ziga xos talabalar shaharchasini tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida institut yanada kamol topdi, vodiyda yagona texnika oliy o'quv yurti bo'lib, zamon talablariga javob bera oladigan, jahon andozalariga mos muhandis mutaxassislar yetishtiruvchi o'quv maskaniga aylandi.
Institut zamonaviy moddiy- texnika bazasiga ega bo'lib, yuqori darajada o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy- ma'rifiy faoliyat olib borish imkoniyatiga ega. Farg'ona politexnika instituti o'tgan davr mobaynida 40 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar yetishtirdi. Institut o'zining 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan sobiq talabalari bilan faxrlanadi.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan ta’lim soxasiga katta e’tibor berilmoqda, jumladan Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1533-sonli qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Farg’ona politexnika institutida qator tizimli ishlar yo’lga qo’yilib, 2013-2016 yillar mobaynida institutning 9 ta o’quv binosi, 4 ta talabalar turar joylari, 2 ta sport zali, Axborot resurs markazi, bosmaxona, 2 ta talabalar oshxonasi, 6 ta xo’jalik va yordamchi binolarini kapital ta’mirlash, 1 ta sport zalini qurish rejalashtirilgan. 2013 yilda institut bosh binosi hamda galereya o’quv binolarida kapital rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Xozirda esa Mexanika, Energetika, Qurilish fakultetlari o’quv binolari va 2-talabalar turar joylarida kapital ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Rektor: Texnika fanlari nomzodi, dotsent Otaqulov Oybek Xamdamovich
Manzil: Farg'ona shahar, 712028, Farg'ona ko'chasi, 86-uy
Telefon: 0 (373) 222-13-33, 222-13-50
Faks: 0 (373) 222-27-81
Veb sahifa manzili: www.farpi.uz
E-mail: ferpi_info@edu.uz, uquv@farpi.uz