Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHARDA 4 TA TAJRIBA ASOSIDA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH, KICHIK BIZNESGA JALB QILISH BO’YICHA FARG’ONA SHAHAR HOKIMINING BIRINCHI O’RINBOSARI BOBURJON MO’MINOVNING MUROJAATI
2024-09-23 20:28:38 5983
Assalomu alaykum, Shahardoshlar!
Muxtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya'ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va G’ijduvon tajribalari yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasutri amal bo’lib xizmat qilmoqda.
Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 73 ta mahallalarda jami 683 ta mikroloyihalar (qiymati 40 mlrd 300 mln.so’m) ishga tushirilishi natijasida 1476 ta ish o’rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan kredit olish istagini bildirgan 485 ta xonadonlarga 4 923 mln.so’m, subsidiya olish istagini bildirganlar 135 ta xonadonlarga 467 mln.so’m mablag’lar ajratildi hamda homiylik asosida 69 ta xonadonlarga 85 mln.so’mlik ko’mak ko’rsatildi.
“Zarbdor tajribasi” bo’yicha drayver yo’nalishlarda umumiy qiymati 679,0 mlrd so’mni tashkil qiluvchi 26 ta yirik loyihalar shakllantirilib, bu loyihalarda 1 545 nafar fuqarolar bandligini ta'minlash ko’zda tutildi.
Joriy kunga qadar mazkur loyihalardan umumiy qiymati 535,3 mlrd so’mni tashkil qiluvchi 25 ta loyihalar ishga tushirilgan bo’lib, 1 410 ta ish o’rinlari yaratildi.
“G’ijduvon tajribasi” bo’yicha 27 ta loyihalar ishga tushurilishi natijasida 632 ta ishchi o’rni yaratildi.
Jumladan: Qo’ziqorin yetishtirish yo’nalishida – shaharning “Beshbola” mahallasida tadbirkor Xolmatov Abdullajon Rahmonaliyevich tomonidan qo’ziqorin yetishtirish yo’lga qo’yilgan. Xonadonda 1 mavsumda 6 tonna qo’ziqorin yetishtirilmoqda. 1 000 dona qoplarga ekilgan qo’ziqorin urug’lari o’rtacha 25 kunda 2 kg hosil bermoqda va bir mavso’mda 3 marta qo’ziqorin hosili olish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, xonadonning sof daromadi 1 mavso’mda o’rtacha 105,0 mln so’mni tashkil qilmoqda.
Eng muhimi ishlovchilar bandligi o’z xonadonida ta'minlanadi. Bu orqali 200 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar bandligini yil davomida ta'minlash reja qilib olingan bo’lib, bugungi kunga kelib jami 73 ta MFYlarda 80 dan ortiq xonadonlarda 8000 qopga yaqin qo’ziqorin yetishtirish ishlari boshlab yuborilgan bo’lsa, 20 ta MFY xonadonlarida tayyor bo’lgan mahsulotlarni sotish orqali har bir band bo’lgan ishsiz fuqarolar bir oyda 2,0-2,5 mln.so’m daromad manbaiga ega bo’lmoqda.
“Uychi tajribasi” bo’yicha shahardagi 19 ta tijorat banklari tomonidan mijozlari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va ko’rsatilgan amaliy yordamlar natijasida bugungi kunga qadar 5 448 ta ish o’rinlari yaratildi.
O’tgan davrda 521 ta oilalarda istiqomat qiluvchi 1 439 nafar aholi kambag’allikdan chiqarildi. Shundan, 14 ta oilaga imtiyozli kredit ajratildi, 91 tasiga subsidiya ajratildi, 39 tasi kasb-xunar va tadbirkorlikka o’qitildi, 195 tasi doimiy va mavsumiy ish o’rinlariga ishga joylashtirildi, 237 ta oilaning “Sayxunobod” va “Uychi” tajribasi asosida bandligi ta'minlandi.
Joriy yil o’tgan davrida kambag’allik darajasi 0,4 foizga qisqartirilib 4,0 foizni tashkil etmoqda.
Bu borada amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Joriy yil yakuniga 609 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi 1,6 ming nafar aholi kambag’allikdan chiqarilib, kambag’allik darajasi 3,8 foizga tushirilishi ta'minlanadi.